"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma A Seriyaga qaytishi mumkin.
Italiyalik futbolchining parijliklar klubi bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida tugaydi va tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha haligacha kelishmagan.
Insayder Janluka di Marsioga ma’lum bo‘lishicha, Milanning "Inter" klubi vaziyatni kuzatib bormoqda va agar Donnarumma shu vaqtgacha shartnomasini uzaytirmasa, joriy mavsum yakunlanganidan keyin u bo‘yicha muzokaralarni boshlashi mumkin.
Donnarumma 2021 yilning yozida erkin agent sifatida "Milan"dan "PSJ"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi Luis Enrike jamoasida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol o‘tkazib yuborgan.