"PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muani "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi. Turin klubi fransiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Shkira.
“Keksa sinyora” rahbariyati “PSJ”ni kelishuvni ma’qullashga ko‘ndira olishiga ishonmoqda. 26 yoshli futbolchi uchun Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” klublari ham kurashmoqda. Randal Kolo-Muani parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikega hech qanday foyda keltirmadi.
Avvalroq, "Yuventus" forvardni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda futbolchi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.