Joan Laporta Erling Xolandni "Barselona"ga o‘tkazishga umid qilmoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi prezidenti muddati tugaguniga qadar yuqori darajadagi transferni amalga oshirish niyatida. "Barselona"ning moliyaviy ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, Laporta uzoq vaqtdan beri 2025 yoki 2026 yillarda Xolandni sotib olish strategiyasini ishlab chiqmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" Xoland atrofidagilar va uning o‘sha paytdagi agenti Mino Rayola bilan 2021 yilda bog‘lana boshlagan. Bundan tashqari, Laporta "Manchester Siti" hujumchisining amaldagi vakili Rafaela Pimenta bilan ishonchli munosabatlarni rivojlantirdi. Shuningdek, "shaharliklar"ning moliyaviy qoidabuzarliklari Xolandning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Xoland Premyer-liganing 7 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi.