Marko Roys nima uchun Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tmaganini tushuntirdi.
O‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng, nemis yarim himoyachisi shartnomasi yakunida Dortmundning "Borussiya" klubini tark etdi va MLS vakili "Los-Anjeles Gelaksi"ga o‘tdi.
"Agar Saudiya Arabistoni haqida gapiradigan bo‘lsak, men u yerda o‘n baravar ko‘p maosh olgan bo‘lardim.
Lekin men hech qachon pulni birinchi o‘ringa qo‘yadigan odam bo‘lmaganman. Men shunchaki oilam bilan baxtli bo‘lishni xohlardim", — dedi 35 yoshli futbolchi.