Portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau "Milan"ga bosh murabbiy etib tayinlanishidan oldin Belgiya terma jamoasi taklifini rad etdi.
Xabarlarga ko‘ra, 50 yoshli Konseysau "Milan" bilan ancha vaqt oldin kelishuvga erishgan, shu bois u klubga va’dasini buzmagan. Qolaversa, portugaliyalikni Belgiya terma jamoasidagi hozirgi holat, ya’ni avlodlar almashinuvi sodir bo‘layotganidan xavotirga tushdi.
Ta’kidlanishicha, Belgiya rahbariyati Domeniko Tedeskoni iste’foga chiqarish haqida anchadan beri o‘ylagan, biroq shartnomani buzganlik uchun tovon puli ko‘p (1,5 million yevro) bo‘lgani uchun bu qadam haqida hozircha bir qarorga kela olmagan.