"Milan"ning yulduz vingeri Rafael Leau jamoaning yangi bosh murabbiyidan mamnunligini aytdi.
"Serjiu Konseysau klubga yangi kuch va o‘zgacha mentalitet olib keldi. Aynan uning sharofati bilan Italiya Superkubogini qo‘lga kirita oldik. Milan derbisida g‘alaba qozonish aql bovar qilmaydigan bo‘ldi, bu bizga boshqalarni yutish uchun to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni eslatdi", dedi futbolchi.
Paulo Fonseka iste’foga chiqarilganidan so‘ng jamoani Konseysau qabul qilib oldi. 50 yoshli portugaliyalik "rossonerilar" boshqaruvida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin o‘tkazgandan so‘ng klub bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.