"Liverpul"ning asosiy hujumchisi "Barselona" foydasiga klub bilan tuzilgan yangi shartnomani rad etdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 27 yoshli Luis Dias "Liverpul"ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan, chunki uni shaxsiy kelishuv shartlari qoniqtirmagan.
Ma’lumki, Kataloniya grandi uning klubdagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati qanot hujumchisiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, futbolchiga "PSJ" tomonidan ham qiziqish bildirilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Kolumbiyalik futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Luis Dias joriy mavsumda “qizillar” safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.