"Manchester Siti" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan mehnat shartnomasini uzaytirishdan manfaatdor.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 53 yoshli ispaniyalikning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.