Saudiyaning "Al-Hilol" klubi hujumchisi Neymarga Braziliyaning "Santos" va AQSHning "Inter Mayami" klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Nikolo Skira.
32 yoshli braziliyalik futbolchining "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2025 yil yozida yakunlanadi. Riyodliklarda uni yana 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.