"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Leni Yoro Angliyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng o‘zining moslashuvi haqida gapirdi.
Fransuz o‘tgan yilning iyul oyida "Lill"dan "qizil iblislar" safiga o‘tgandi. 19 yoshli futbolchi jarohat tufayli deyarli darhol safdan chiqdi va faqat dekabr oyida maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
"To‘g‘risini aytsam, hammasi yaxshi ketmoqda. Bu yerda menga kerak bo‘lgan hamma narsa bor. Bizning do‘stona jamoamiz bor va tarkibda boshqa yosh futbolchilar ham bor, bu ham yordam beradi. Bu yerdagi ob-havo Fransiya shimolidagi kabi, shuning uchun bu borada alohida o‘zgarishlar yo‘q.
Ingliz tilini asta-sekin o‘zlashtirib, o‘zimni to‘g‘ri ifodalay boshlayapman. Eng qiyini nutqni tushunish, chunki ular bu yerda urg‘u bilan gapirishadi, lekin hozircha hech qanday muammo bo‘lmagan", — dedi Yoro Telefoot nashriga.