"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda taniqli insayder Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" 23 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda va uni 2025 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Frimpongning shartnomasida tovon puli 40 million yevro bo‘lib, bu kelishuvni ancha osonlashtiradi.
Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, Frimpong qishda klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.