Dani Olmo va Pau Viktor Ispaniya Superkubogi yarim finalida maydonga tushmaydi.
Yarim himoyachi va hujumchi bugun bo‘lib o‘tadigan va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadigan "Atletik"ga qarshi o‘yin uchun "Barselona" tarkibiga kiritilmagan. Ular hatto zaxira o‘rindig‘ida ham bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, tarkiblar e’lon qilinishidan biroz oldin Oliy sport kengashi (CSF) Kataloniya klubiga Olmo va Viktorni mavsumning ikkinchi qismi uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergani ma’lum bo‘lgan edi.