"Manchester Siti" Umar Marmush bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi atrofidagilar bilan muzokaralar ilg‘or bosqichda, biroq hali to‘liq og‘zaki kelishuvga erishilmagan.
Shu bilan birga, "shaharliklar" va Frankfurtning "Ayntraxt" klubi o‘rtasida hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. 25 yoshli futbolchi 50-60 million yevroga sotilishi kutilmoqda.
Marmushning o‘zi ham hozirgi klubini yaxshi ko‘radi, ammo qishda yangi transferga tayyor, chunki u buni noyob imkoniyat deb biladi. "Manchester Siti" futbolchiga 2029 yoki 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqda.
Joriy mavsumda misrlik futbolchi Bundesligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U chempionat to‘purarlari orasida Xarri Keyndan keyin 2-o‘rinni egallab turibdi.