"Atletik" vingeri Niko Uilyams o‘tgan yozda "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘lgandi.
Relevo xabariga ko‘ra, 22 yoshli vinger yozda klub prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku va uning agenti bilan qo‘shma videomuloqotda "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Uilyamsning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga "Barselona"ning sustligi sabab bo‘lgan. Joriy mavsumda Uilyams barcha turnirlarni hisobga olgan holda to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.