"Roma" futbol klubi argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyor, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Paredesning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Leandro rimliklar safida 2023 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Avvalroq futbolchi "PSJ", "Yuventus", "Zenit" va "Roma" klublarida o‘ynagan.
Joriy mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Paredesning bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.