Darvozabon David de Xeaning "Fiorentina"ga o‘tishida vositachi bo‘lgan Valerio Juffrida "binafsharanglilar" bilan muzokaralar haqida gapirdi.
"Bitimni yopish uchun bir necha soat vaqt ketdi. Birinchi uchrashuvdayoq "Fiorentina" va De Xea bir-biriga juda ma’qul kelishdi. Klub bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olish oson edi", - deya Juffrida so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli de Xea joriy yilning avgust oyidan buyon "Fiorentina"da to‘p tepmoqda. Italiya termasi libosida u barcha turnirlarda oltita o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol o‘tkazib yubordi va bir marta o‘z darvozasini daxlsiz qoldirdi.