"Ayntraxt" hujumchisi Umar Marmush faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" 25 yoshli to‘purar uchun kurashda "Liverpul" va "Tottenxem"ni mag‘lub etish niyatida. Ta’kidlanishicha, transfer summasi 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Marmush barcha turnirlarni hisobga olgan holda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Frankfurtning "Ayntraxt" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Oldinroq Misr terma jamoasi hujumchisi "Manchester Siti"ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.