Pol Pogba mart oyida futbolga qaytishi kutilmoqda - Sport arbitraj sudi fransiyalik yarim himoyachining doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikasiyasini 4 yildan bir yarim yilga qisqartirdi. Biroq Pogba baribir "Yuventus"ni tark etadi - futbolchi faoliyatini boshqa joyda davom ettirishga ahd qilgan.
Transfer News Live nashrining insayder Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, Pogbaning "Yuventus" bilan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralari rejaga muvofiq ketmoqda. 2025 yil boshida fransiyalik futbolchi erkin agentga aylanadi.
Avvalroq, Pogbaga MLSning "Los-Anjeles" klubi qiziqayotgani xabar qilingandi.