"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo maydonga qaytishga yaqin turibdi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi yaqin 2-3 kun ichida shifokorlardan maydonga tushish uchun ruxsatnoma oladi.
U kataloniyaliklarning "Sevilya"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.