"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning uchrashuvlar vaqtidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.
Yakshanba kuni “qizil iblislar” Angliya chempionati turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilayotgan “Liverpul”ga qarshi mehmonda maydonga tushadi. Mankunianliklarning portugaliyalik murabbiyining fikricha, uning jamoasida ruhiy muammolar bor.
“Maydonda o‘yinchilar xavotir va ba’zan qo‘rquvni his qilishlari mumkin. Biz buni hal qilishimiz kerak - bizga mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan va boshqalarga yordam beradigan yetakchilar kerak. Men asosiy mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, o‘yinimizni yaxshilash uchun hamma narsani qilishim kerak", - deydi Amorim.
“Liverpul” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.