"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola kelajakda terma jamoalar bilan ishlashni niyat qilganini aytdi.
"Men jahon chempionati, Yevropa chempionati yoki Amerika kubogida ishtirok etishni xohlardim.
Besh, o‘n, o‘n besh yildan keyindir. Bu qachon sodir bo‘lishini bilmayman, lekin men murabbiy sifatida jahon chempionatida o‘ynashni xohlayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.