Fabrisio Romanoning ta’kidlashicha, Mixail Mudrik "Chelsi"ni tark etmaydi.
"Mudrik "Chelsi"ni tark etish uchun faol ishlamayapti, uning agentlari ham. Vaziyat mutlaqo tinch. U Enso Mareska nazarida o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘p mehnat qiladi.
Ishoning, Mixail Mudrik futbol olamidagi eng yirik figuralardan biri, chunki u o‘zining eng yaxshi versiyasiga aylanish uchun har kuni qattiq mehnat qiladi.
U "Chelsi"da muvaffaqiyat qozonishni istaydi va "Chelsi" unga yuz foiz ishonadi va kutishga tayyor. Hozirda ehtimoliy transferni ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q", dedi insayder.