Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Diogu Dalot terma jamoa safidagi 25-o‘yinini o‘tkazgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Portugaliyaliklar Millatlar ligasi 3-turida Polshani yengdi - 1:0.
«Portugaliya uchun 25-o‘yinda maydonga chiqish men uchun katta sharaf. Mamlakatimiz vakili bo‘lish o‘zgacha tuyg‘u. Hozirgacha bosib o‘tgan sayohatimdan xursandman», - dedi «MYU» himoyachisi.
Kecha 25 yoshli himoyachi Dalot o‘z terma jamoasi safidagi 25-o‘yinini o‘tkazdi. Ularda himoyachi 3 ta gol urishga erishdi.