«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn golsiz seriyasini uzaytirdi.
31 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi va 69-daqiqada almashtirildi. «Uch sherlar» hujumi yetakchisi «Bavariya»ning «Ayntraxt», «Aston Villa» va «Bayer» bilan oldingi uchrashuvlarida ham gol urmagandi.
Keyn ikki yarim yil ichida birinchi marta ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol ura olmadi. Avvalroq futbolchi 2022 yilning martidan apreliga «Tottenxem» safida ketma-ket 5 o‘yinni golsiz o‘tkazgandi.