"Arsenal" vingeri Rahim Sterling safga kutilganidan ertaroq qaytadi.
Kecha "Ipsvich" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta qanot himoyachisi Bukayo Saka tizzasidan operasiya qilingani va endi ikki oydan ko‘proq maydonga tusha olmasligini aytdi.
Ammo shu bilan birga, Arteta xushxabar ham aytdi, chunki Sterling tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng, dastlab Mikel aytgan bir necha haftalik muddatdan oldinroq safga qaytishi mumkin bo‘ladi.
"Ha, menimcha, Rahim haqidagi xabar biz o‘ylagandan ham yaxshiroq. Bu hafta uning his-tuyg‘ularini ko‘rishimiz kerak.
Biz tizzadagi bu jarohat so‘nggi kunlarda aniqlaganimizdan ko‘ra ko‘proq vaqt olishini kutgandik. Umid qilamanki, bu yaxshi yangilik bo‘ladi, chunki u bizga kerak", - dedi Arteta.