"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta tizzasidan olgan jarohati tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmagan jamoa futbolchisi Raxim Sterlingning holati haqida gapirdi.
"Rahim haqidagi xabar yaxshi, menimcha. Ko‘ramiz, bu hafta u qanday tuzalib ketadi. Biroq, tiklanish jarayoni so‘nggi bir necha kun ichida biz o‘ylaganimizdan biroz ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Umid qilamanki, yakunda hammasi yaxshi bo‘ladi, chunki u bizga kerak", - dedi Arteta klub matbuot xizmatiga.
Joriy mavsumda Raxim Sterling “kanonirlar” safida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.