Kike Setyen Lionel Messiga murabbiylik qilganidan faxrlanishini aytdi.
«Men murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchi, uni murabbiylik qilishni boshlashimdan oldin ham menga yoqqan futbolchi bu shubhasiz Messidir. U ajoyib o‘yinchi edi va men uning murabbiyi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim», - dedi «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi.
Setyen va Messi 2020 yilning yanvaridan avgustigacha «Barselona»da birga ishlagan.