"Vulverxempton" hujumchisi Matteus Kunya "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
Braziliyalik futbolchi gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
“Men juda xursandman. Vitor Pereyra kelishi bilan jamoaga katta turtki berdi, biz buni his qilyapmiz.
Biz birmiz, birga azoblanamiz, birga quvonamiz, birga gol uramiz - bu juda muhim. Quruq o‘yin? Ha, gol urdim, mashq qilamiz, omadim keldi, hammasi mening foydamga chiqdi", – dedi Kunya.