Jon Pacheko ikki yildan beri "Real Sosyedad"da yuqori saviyada o‘ynamoqda. 23 yoshli markaziy himoyachining "oq-ko‘klar" uchun muhimligini inobatga olgan klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi.
"O‘n yildan ko‘proq vaqt oldin, men Subiyetaga birinchi marta keldim. Men bu yerga orzumni amalga oshirish uchun xursand va ishtiyoq bilan keldim", dedi futbolchi.
Jon Pacheko joriy mavsumda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi.