"Monako" yarim himoyachisi Magnes Akliush faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Caught Offside portali xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchini "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida monegasklar futbolchini 60 million yevrodan kamiga sotishni rejalashtirmayapti.
Akliushning fransuz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. 2024/2025 yilgi mavsumning birinchi yarmida yarim himoyachi Liga 1da 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Magnes ikkita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.