Standart vaziyatlarda himoyalanish "Manchester Yunayted"ning muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Payshanba kuni Ruben Amorim shogirdlari Angliya chempionati doirasidagi o‘yinda "Vulverxempton"ga mag‘lub bo‘lishdi (0:2). "Bo‘rilar"ning birinchi golini to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchak to‘pidan Mateus Kunya kiritdi.
United Zone xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" barcha musobaqalarda o‘tkazgan so‘nggi yetti uchrashuvning oltitasida standartlardan keyin gol o‘tkazib yuborgan.