Insayder Nikolo Skira agent Jorje Mendesh va "Yuventus" sport direktori Kristiano Juntoli o‘rtasida "Yuve"da ijara asosida o‘ynayotgan "Portu" vingeri Fransishku Konseysau bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv natijalarini oshkor qildi.
Qayd etilishicha, Mendesh Sky nashriga bergan intervyusida quyidagilarni aytgan: "Fransishku "Yuventus"da juda baxtli va u yerda uzoq vaqt qoladi".
Skira shuningdek, Turin klubi noyabr oyida xabar qilinganidek, futbolchining to‘liq transferi uchun 30 million yevro tovon puli to‘lashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Konseysau bu mavsumda "byankonerilar" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.