Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antonio Kassano "Atalanta" yarim himoyachisi Sharl de Ketelarening o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Bugun u A Seriyaning eng kuchli o‘yinchilaridan biri va dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biridir. Men uni, uning ajoyib murabbiyini va klubini tabriklayman. Shu paytgacha faqat bir kishi to‘pni shunday boshqarganini ko‘rganman bu – Kaka. O‘ylaymanki, yaqin yillarda u kuchli klubga o‘tish va "Oltin to‘p" uchun kurash olib boradi.
Bugungi kunda De Ketelare Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Undan faqat Saloh yaxshi, lekin u boshqa yoshda. Shuning uchun faqat Yamal Sharldan oldinda", dedi sobiq futbolchi.