“Torino” yarim himoyachisi Samuele Richchi Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shishga Premyer-liganing ikki grandi "Manchester Siti" va "Liverpul" qiziqmoqda.
Shu bilan birga, Turin klubi prezidenti Urbano Chairo futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Richchi "Torino"da 2022 yilning yanvaridan buyon o‘ynamoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 19 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.