"Everton" "Barselona", "Chelsi" va "Bavariya" klublarining qiziqishlarini to‘xtatish uchun Jordan Pikfordga noyob taklif bilan chiqishga tayyor, deya xabar beradi TBR.
30 yoshli angliyalik futbolchining transferini ko‘rib chiqayotgan klublardan biriga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mersisaydliklar unga faoliyatining oxirigacha - kamida 2030 yilgacha variant bilan "Gudison Park"da qoladigan shartnoma taklif qilmoqchi.
Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Everton" futbolchini faoliyatining oxirigacha jamoada qolishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Joriy mavsumda darvozabon klub uchun 9 ta o‘yinda 21 ta gol o‘tkazib yuborgan.