"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Lyuk Shouni kimga almashtirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
CaughtOffside nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Shou o‘rniga "Manchester Yunayted"ning ustuvor varianti "PSJ" himoyachisi Nunu Mendesh bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli portugaliyalikning o‘zi ham Manchesterga o‘tishga qiziqmoqda. Avvalroq, «PSJ» himoyachisini jamoada saqlab qolish uchun u bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.