"Roma" sardori va yarim himoyachisi Lorenso Pellegrinining klubdagi kelajagi so‘roq ostida.
Jamoa bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri uni o‘z rejalariga kiritmagani avvalroq xabar qilingandi.
28 yoshli italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Napoli" va "Fiorentina" kurashishi mumkin.
Pellegrinining "bo‘rilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.