"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumani chog‘ida jamoaning "Old Trafford" stadioni tomidan suv oqishi haqida qisqa fikri bilan o‘rtoqlashdi.
"Agar qanday qilishni bilganimda, bu klubning barcha muammolarini hal qilgan bo‘lardim, hattoki buni ham...", - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi Eurosport.
"Manchester Yunayted" 17 turdan keyin 22 ochkoga ega. Shu tariqa, Amorim jamoasi Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.