Oskar Xitoy chempionatini tark etdi va faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
"San-Paulu" 33 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Shartnoma 2027 yil oxirigacha amal qiladi.
"Uchranglilar" akademiyasining tarbiyalanuvchisi 2010 yildan so‘ng jamoaga qaytadi. Keyinchalik Oskar "Chelsi" va "Shanxay Port" klublarida o‘ynagan. U Braziliya terma jamoasi safida 48 ta o‘yin o‘tkazgan.
O‘tgan Xitoy chempionatida yarim himoyachi 29 o‘yinda 14 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi (ligadagi hammadan ko‘p).