Beqarorlikdan aziyat chekkan "Manchester Yunayted" o‘z xodimlari uchun Rojdestvo ziyofatini bekor qildi.
Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, bu qadam klubda umumiy norozilikka sabab bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Rojdestvo tadbirini bekor qilish orqali 250 ming funt sterlingni tejagan.
Qayd etilishicha, ba’zi klub xodimlari shu sabab allaqachon boshqa joydan ish izlab ketishgan.