"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqda TeamTalk xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, "Fenerbaxche" futbolchining "qizil iblislar" lageridagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Aniqlik kiritilishicha, klub haligacha Reshfordning vakillari bilan hech qanday muzokara o‘tkazmagan.
Eslatib o‘tamiz, Reshford bosh murabbiy Ruben Amorim qarori bilan "Manchester Yunayted"ning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi.