"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu Rojdestvo bayramida nima qilishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berdi.
Ma’lumki, G‘arb dunyosi ushbu bayramni 25 dekabr kuni nishonlaydi.
“Bu oilaviy an’ana. Men bitta o‘zim nishonlayman. Mening oilam Avstraliyada, issiq iqlimda. Men ularga ertalab qo‘ng‘iroq qilaman, keyin esa o‘z ishim bilan shug‘ullanaman”, dedi Postekoglu matbuot anjumanida jurnalistlarga.