Dam olish kunlarida “Tottenxem” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
London jamoasi bosh murabbiyi Anje Postekoglu o‘sha o‘yindan so‘ng darhol jurnalistlar tomonidan berilgan ayrim savollarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Savollarga munosabatim? Men g‘azablanmadim. Ammo mag‘lubiyatdan keyin intervyu paytida quvnoq va xursand bo‘ladigan ko‘p murabbiylarni bilmayman.
Qayta-qayta bir xil savollardan charchadim desam to‘g‘ri bo‘ladi", - dedi Postekoglu matbuot anjumanida.