Kristofer Nkunku “Chelsi”ni tark etishga yaqin turibdi. U "Barselona"ni yangi klub sifatida ko‘radi.
Hujumchi "aristokratlar"ni tark etish niyatida va u barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan kuchli jamoaning bir qismi bo‘lishni istamoqda. Agar bu transfer shartlaridan biri bo‘lsa, Nkunku Kataloniya lagerida kamroq maosh olishga ham tayyor.
Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi qishda klubini o‘zgartirmoqchi. Ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli "blaugrana" yanvar oyida o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmayapti.
Joriy mavsumda u "Chelsi" safida Angliya Premer-ligasining 16ta uchrashuvida maydonga tushdi.