"Liverpul"ning ikki futbolchisi kelasi yozda "Real"ga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qirollik" klubi rahbariyati lateral Trent Aleksandr-Arnold va markaziy himoyachi Virjil van Deykning transferlarini tashkil qilmoqchi. Qayd etish joiz, har ikki futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi olti oydan keyin yakuniga yetadi.
Van Deyk joriy mavsumda “Liverpul” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Trent o‘z navbatida "qizillar" safida 21 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta golli uzatmani qayd etdi.