Teamtalk portali jurnalistlarining xabar berishicha, "Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "blaugranalar" angliyalik futbolchining shartnomasiga qanot hujumchisi Ansu Fatini qo‘shib olmoqchi.
Avvalroq matbuotda "qizil iblislar" qishki transfer oynasida Reshford bilan xayrlashishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Markus mankunianliklar safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.