"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Shkira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Insayderning xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri hujumchining xizmatlariga qiziqmayapti. Shomurodov va Rim klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Shomurodov rimliklar safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.