Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jarohatidan forig‘ bo‘lish istagi tufayli oktyabr oyida terma jamoaga bormagan Kilian Mbappe bilan bog‘liq vaziyat haqida qanday fikrda degan savolga javob berdi.
"Mbappening tungi klubga borishi? Men jamoada bo‘lmagan futbolchilar haqidagi yangiliklarni kuzatmayman. Kilian "Real Madrid" boshchiligidagi reabilitasiya dasturida ishtirok etmoqda. U o‘yin davomida klubda bormi yoki yo‘qmi, bilmayman.
Aytishim mumkinki, Kilian menga Isroil bilan o‘yin oldidan xabar yubordi. Har qanday futbolchi singari u ham jadvalga amal qiladi. Agar futbolchining dam olish kuni bo‘lsa, demak, u xohlagan narsani qilish erkinligiga ega", - dedi Desham.