Italiya chempionatining o‘n yettinchi turi o‘z yakuniga yetdi.
“Inter” “Komo” darvozasiga ikkita gol urdi va navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, amaldagi mamlakat chempioni maqomini tasdiqladi.
Birinchi golni himoyachi Karlos Augusto kiritdi.
O‘yindan so‘ng u o‘z his-tuyg‘ularini shunday ta’rifladi:
"Urilgan goldan juda xursandman, ammo uch ochko olish bundan ham muhimroq. O‘yin qiyin bo‘ldi, ammo biz kuchliroq bo‘lib chiqdik", - deya Bastonining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.