Myunxenning "Bavariya" klubi "Borussiya Dortmund"dan Jeymi Gittensni sotib olmoqchi.
"Sky Germany" xabariga ko‘ra, "rekordmaster" 20 yoshli angliyalikni kelasi yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Vensan Kompani va Maks Eberl futbolchi klubning kelajagi bo‘lishiga ishonmoqda.
Gittens hozirda "Transfermarkt" portalida 50 million yevroga baholanmoqda. Uning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.